
Yaponiya tennis malikasi yarim finalda
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka Brisbenda o‘tayotgan "Brisbane Internationa" turnirining chorak finalidagi to‘siqdan g‘olibona o‘tib oldi.
Osaka mazkur bosqichda latviyalik Anastasiya Sevastovani uch setda 3:6, 6:0, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va o‘zaro o‘yinlardagi hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi.
Endi Naomi yarim finalda ukrainalik Lesi Tsurenko va estoniyalik Anett Kontaveyt uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar