
Yaponiya terma jamoasining eng qimmat 10 futbolchisi (Baxtiyor Toshtemirov blogi)
Xabaringiz bor ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarida navbatdagi Osiyo kubogi musobaqasi davom etmoqda. Qit’a birinchiliklari shubhasiz futbolchilarga o‘zini ko‘rsatishlari uchun muhim musobaqa hisoblanadi.
Quyida Osiyo chempionatlarining doimiy favoriti deya e’tirof etiladigan Yaponiya terma jamoasi tarkibidagi transfer bahosi eng qimmat 10ta futbolchi bilan tanishtirib o‘tamiz:
Yuto Nagatomo 32 yosh (“Galatasaroy”, Turkiya) – 2,75 mln evro
Genki Karaguchi 27 yosh (“Gannover”, Germaniya) - 4 mln evro
Takumi Minamino 23 yosh (“Red Bull”, Germaniya) - 5 mln evro
Takashi Inui 30 yosh (“Betis”, Ispaniya) - 5 mln evro
Takahiro Tomiyasu 20 yosh (“Sent-Tryuyden”, Belgiya) – 6 mln evro
Yuya Osako 28 yosh (“Verder”, Germaniya) - 6 mln evro
Maya Yoshida 30 yosh (“Sautgempton”, Angliya) – 7 mln evro
Ritsu Doan 20 yosh (“Groningen”, Gollandiya) – 7,50 mln evro
Xiroki Sakai 28 yosh (“Marsel”, Frantsiya) - 8 mln evro
Yoshinari Muto 26 yosh (“Nyukasl”, Angliya) - 10 mln evro.
Eslatib o‘tamiz, kunchiqar yurt vakillari musobaqaning “F” guruhida O‘zbekiston, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
PS: Narxlar transfermarkt.de saytidan olindi.
Fikrlar