Yaqin 48 soat ichida "Vest Xem" Bilichni iste’foga chiqarishi mumkin

  • 6 noyabr, 2017, 12:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Vest Xem” klubi rahbariyati ketma-ket omadsizliklardan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Slaven Bilichni iste’foga chiqarmoqchi. The Telegraph nashrining xabar berishicha ushbu holat yaqin 48 soat ichida sodir bo‘lishi mumkin.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 49 yoshli xorvatiyalik mutaxassisning o‘rnini o‘tgan mavsum “Sanderlend”ni Chempionshipga “kuzatib” qo‘ygan Devid Moyes egallaydi. Unga ko‘ra “Vest Xem” 54 yoshli shotlandiyalik murabbiy bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, londonliklar ayni damda APLning o‘tgan 11 tur natijalariga ko‘ra 9 ochko bilan 18-o‘rinda borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!