
“Manchester Siti” fanatlari Husanovni “tinch” qo‘ymayapti!
O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olgani munosabati bilan futbolchilarimiz tabriklarni qabul qilishda davom etmoqda.
Xususan, bugungi kundagi eng mashhur futbolchimiz Abduqodir Husanov ham o‘z klubi “Manchester Siti”dan tabrik oldi. Klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasiga Abduqodirning suratini qo‘yib, “Abduqodir Husanov va O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga ilk bor chiqqani bilan tabriklaymiz!”, deb yozib qo‘ydi.
Bu tabrikka “shaharliklar”ning butun dunyo bo‘ylab tarqalgan muxlislari munosabat bildirib, Abduqodir Husanov haqidagi fikr-mulohazalarini yozyapti.
Sports.uz portali ushbu izohlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tibori havola etadi.
Jeremy Heatley:
Abduqodir yangi avlod himoyachisi, tezligi katta, to‘pni yaxshi boshqaradi, bir so‘z bilan aytganda, aqlli futbolchi.
Beuford Taylor:
O‘zimizning “Jeki Chan”ni tabriklab qo‘yaylik.
Assøuman:
Husanov bilan biz ham faxrlanamiz.
Clîfførd Spóóñ:
Husanov o‘tgan yili Parij Olimpiadasida ham juda yaxshi o‘ynaganini unutmaslik kerak.
Jose Ramirez:
O‘zbekiston kabi birinchi bor mundialga chiqqan jamoalarning borligi musobaqaning tomoshabop o‘tishidan dalolat beradi.
Wayne Wasike:
Husanov effekti. Abduqodir orqali butun O‘zbekistonni tabriklaymiz.
Essa Tahir:
Ajoyib natija bilan tabriklayman. O‘zbekistonning ilk bor jahon chempionatiga chiqqani bu azaliy orzuning ro‘yobga chiqishidir. Men Abduqodir Husanov va butun O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlayman.
Muhammad Naseer:
Tabriklayman, Husanov eng zo‘r himoyachi.
Joe-e La Flame:
Husanov tabriklayman. Endi eng muhimi – Gvardiola seni o‘ynatsin!
Abduqodir Husanov 20 yanvardan beri “Manchester Siti” futbolchisi hisoblanadi. 21 yoshli markaziy himoyachimiz yakunlangan mavsumda Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasida to‘qqizta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol ham urdi.
Transfermarkt portali ekspertlari Husanovni 35 million evroga baholamoqda. Abduqodir bugungi kunda Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi.
Fayzullaevni yo‘qotmasligimiz kerak!
Shomurodov Gasperining har qanday sinoviga tayyor!
Husanov boshlanishi, o‘zbek futbolchilari Evropani zabt etadi!
Fayzullaev o‘zini "qiynagan" murabbiydan qutildi!
O‘zbekistondek mundialga chiqish uchun futboldan begona odamlarni yo‘qotish kerak!
Husanovning “Manchester Siti”dagi kelajagi muhim qarorga bog‘liq?
Fikrlar