Yasmina Karimjonova yarim final uchun o‘ynaydi

Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida "KAZZINC Open – 2018" turniri o‘tkazilmoqda.

Ushbu musobaqaning qizlar o‘rtasidagi bahslarning ikkinchi davrasida hamyurtimiz Yasmina Karimjonova  rossiyalik Veronika Solovevaga qarshi kortga chiqdi.

Yasminaning to‘liq ustunligida o‘tgan o‘yinda yosh tennischimiz raqibini 6:0, 6:3 hisobida taslim qildi va chorak finalga chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!