
Yomg‘irli poyga Dovitsiozoning g‘alabasi bilan yakunlandi
Ispaniyaning Valensiya shahrida MotoGP bo‘yicha navbatdagi Gran-pri bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu galgi poyganing kuchli yomg‘ir ostida o‘tgani ko‘plab ishtirokchilarga qiyinchiliklar tug‘dirdi.
Shunday bo‘lsa-da, ildamroq harakat qilgan Andrea Dovitsiozo barcha raqiblarini ortda qoldirib, marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. "Dukati" vakili eng yaqin ta’qibchisi Aleks Rinsni sal kam 3 soniya tafovut bilan ortda qoldirishga erishdi. Kuchli 10lik quyidagicha ko‘rinish oldi:
MotoGP, Ispaniya.
1. Andrea Dovitsiozo («Dukati») – 24:03.408
2. Aleks Rins («Suzuki») +2,750
3. Pol Espargaro («KTM») +7,406
4. Mikele Pirro («Dukati») +8,647
5. Dani Pedrosa («Xonda») +13,351
6. Takaaki Nakagami («LChR-Xonda») +32,288
7. Joan Zarko («Tek 3-Yamaxa») +32,806
8. Bredli Smit («KTM») +33,111
9. Shtefan Bradl («LChR-Xonda») +36,376
10. Xafiz Syaxrin («Tek-3-Yamaxa») +37,198
Fikrlar