
Yosh gimnastlar mahorat ko‘rsatdi
Ko‘pkurash bahslarida 42,600 ball to‘plagan Diana Baxtiyorova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 42,100 ball bilan Mohitabonu To‘lanova ikkinchi va 42,000 ball bilan Indira O‘lmasova uchinchi pog‘onadan joy egalladi.
Jizzax shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida yuzdan ortiq o‘smir g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida Bobur Toshpo‘latov, Mirafzal Fozilov va Behzod Sobirov shohsupaga ko‘tarildi. Jamoaviy bahslarida o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Toshkent shahri jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar