Yulian Draksler: Tuxel PSJga kelgach sezilarli o‘sishga erishdim

  • 3 fevral, 2019, 14:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi forvardi Yulian Draksler parijliklar safidagi faoliyatidan qoniqish to‘liq qoniqish xosil qilayotganini aytdi.

Tecno

“PSJ safida 100ta o‘yin? Bu men uchun juda muhim raqam. Bizni oldinda “Lion”ga qarshi jiddiy bahs kutib turibdi. Bu esa men uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki, ushbu o‘yin mening PSJ safidagi 100-o‘yinim bo‘lishi mumkin. Judayam hayajondaman. Mening PSJga kelganimga endigina 2 yil bo‘ldi, biroq yubiley raqamlarga juda ham yaqinman.

O‘ylaymanki bundan keyin ham o‘sishda davom etaman. To‘g‘ri, Kavani kabi ko‘p gol urmayman, ammo Tomas Tuxel jamoaga kelgach sezilarli o‘sishga erishdim”, - deydi germaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ va “Lion” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!