
Yuriy Syomin: Vitaliy Denisov O‘zbekiston terma jamoasi uchun o‘ynay oladi
Rossiya chempionatida "Lokomotiv" jamoasi sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov "Spartak"ka qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jaroxat olgan edi.
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Yuriy Syomin futbolchining ahvoli haqida ma’lumot berdi.
- Denisovning sog‘lig‘i joyida, - dedi Yuriy Syomin. - Vitaliy jiddiy jarohatdan qutilib qoldi. Denisov O‘zbekiston terma jamoasining Suriyaga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuborgan taqdirda ham Qatar bilan bo‘ladigan keyingi uchrashuvda to‘p surish uchun tayyor bo‘ladi.
Avvalroq, Vitaliy Denisov jarohati tufayli Suriya terma jamoasiga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda qatnashadigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilmagani haqida ma’lumot berilgan edi.
Fikrlar