
"Yuventus" Emersonni yana Italiyaga qaytarmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi "Chelsi" himoyachisi Emersonning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Tribalfootball nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “keksa sinora” asli braziliyalik bo‘lgan 24 yoshli Italiya terma jamoasi a’zosini yana A Seriyaga qaytarmoqchi. Qayd etish lozimki, bir yil oldan “Roma”dan ko‘chib o‘tgan Emerson Markos Alonso bilan raqobatga dosh bera olmadi va “Chelsi”ning asosiy tarkibiga kira olmadi.
Ma’lumot uchun, Emerson joriy mavsum premer-ligada bor yo‘g‘i 2ta uchrashuvda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar