"Yuventus" yozda "Barselona" futbolchisini sotib olmoqchi

  • 17 dekabr, 2018, 10:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi mavsumni “Everton”da ijara asosida o‘tkazayotgan “Barselona” yarim himoyachisi Andre Gomeshga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Tecno

Sun on Sunday nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” mavsum yakunlangach 25 yoshli portugaliyalik futbolchini sotib olishga harakat qilib ko‘radi.

Ma’lumot uchun, Gomesh joriy mavsum “Everton” safida jami 9ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!