"Yuventus"ning etakchi himoyachisi noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 14.09.2018 20:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" himoyachisi Andrea Bartsali A Seriyaning 4-turidan o‘rin olgan "Sassuolo"ga qarshi bahsda turinliklarga yordam bera olmaydi. Bu haqda  Football Italia nashri xabar bermoqda.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 37 yoshli futbolchi bugungi mashg‘ulotlarda o‘ng oyoq mushaklaridan jarohat olgan. Hozircha uning qancha muddatga safdan chiqqani noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" - "Sassuolo" uchrashuvi 16 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!