Zakkeroni: Ilgari Osiyoda 8 ta kuchli jamoa bor edi, hozir esa 17 ta

  • 10 yanvar, 2019, 00:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bahraynga qarshi o‘yindan so‘ng futbolchilar bilan suhbatlashib oldik va ular bilan kuchli hamda kuchsiz jihatlarimizni muhokama qildik. Futbolchilarimdagi ishtiyoq meni g‘alabaga ishontirmoqda. Hindistonga qarshi o‘yinning ilk daqiqalaridanoq hujumkorlikni oshiramiz. 

Hozirda Osiyoda ham futbol rivojlanib bormoqda. Bundan sakkiiz yil ilgari FIFA reytingining dastlabki 100 taligiga Osiyodan nari borsa 8 ta jamoa kirar edi. Hozirda esa bu ko‘rsatkich 17 taga etdi. Osiyo kubogining ilk o‘yinlari ham oson  uchrashuvlar yo‘q ekanligini ko‘rsatib berdi.

Hindiston - yaxshi shakllangan jamoa va bilamizki, qarshi hujumda o‘ynaydi. Ular Tailandga qarshi ajoyib uchrashuv o‘tkazishdi va o‘zlariga bo‘lgan ishonch juda yuqori", - dedi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!