Zidan MYuni boshqarishi mumkin, agar...

  • 5 sentabr, 2018, 17:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning o‘rniga keladigan mutaxassis bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra mankuanliklar jamoaga “Real”ning sobiq ustozi Zinedin Zidanni olib kelish ustid ish boshlashgan. Agar 55 yoshli portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida jamoa natijalari yaxshilanmaydigan bo‘lsa, u holda ushbu lavozimga aynan 46 yoshli frantsiyalik mutaxassis taklif etiladi.

Eslatib o‘tamiz, MYu premer-liganing o‘tgan 4ta turida 2ta g‘alaba va 2ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!