Zidan faoliyatini MYuda davom ettirishi mumkin
"Real Madrid" klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Manchester Yunayted"da faoliyatini davom ettirishi mumkin.
L’Equipe nashrining xabar berishicha, frantsiyalik mutaxassis Angliyada murabbiy sifatida tajriba ortirishga qiziqmoqda.
Eslatib o‘tish joizki, 46 yoshli Zidan boshchiligida "Real" ketma-ket 3 marta Evropa chempionlar ligasini, 1 marta La Liga hamda 2 marta UEFA va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Joze Mourino boshchiligidagi "Yunayted" esa o‘tgan mavsumni biror bir sovrinsiz yakunlashdi va APLda ikkinchi o‘rinni egallashgandi.

Fikrlar