Zidanning keyingi joyi qaer bo‘lishi mumkin: “MYu”, “Yuventus” yoki “PSJ”?

  • 14 sentabr, 2018, 22:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid”ning sobiq bosh murabbiyi tez orada murabbiylik faoliyatini davom ettirishni istayotganini aytdi, shu sababli “Old Trafford” uning navbatdagi ish joyi bo‘lishi mumkinligi ehtimoli yuqori. Biroq frantsiyalik mutaxassis yana bir qancha klublarning asosiy nishoniga aylanishi mumkin. Xo‘sh, u qaerda faoliyatini davom ettirishi mumkin?

Tecno

O‘ynagan davrida Zidan doimo uning futbolini gapirishga majbur qilgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan keyin 12 yil o‘tib yana futbol dunyosini u haqida so‘z yuritishga majbur qilmoqda.

“Men aniq tez orada murabbiylik faoliyatimni qayta tiklamoqchiman” – dedi u RTVE ispan telekanaliga bergan intervyusida – “Bu men qilishni yaxshi ko‘radigan va butun hayotim mobaynida qilgan ish hisoblanadi.”

“Qirollik klubi”ni zamonaviy futboldagi erishish qiyin natija - qatorasiga uchinchi marta Chempionlar Ligasi sovrindoriga aylangtirgach klub boshqaruvidan ketgandi. Ko‘rinib turibdiki, u “qayta zaryad” olgan va yangi chaqiruvlarga tayyor.

Uning sobiq termadoshi Klod Makalele Zidan ham maydonda, ham uning tashqarisida misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatlarga erishgani uchun istagan joyiga borishi mumkinligini ta’kidladi.

Yoki deyarli. Buning uchun bo‘sh vakantsiya bo‘lishi kerak. 1998-yilgi Jahon Chempionati qahramonini futbol olamining nomdor jamoalaridan boshqa joyda tasavvur qilish qiyin.

Ko‘pchilik tomonidan uni milliy terma jamoasini etaklashini kutayotgandi, biroq Frantsiyani ikkinchi marta Jahon chempioniga aylantirgan Dide Deshamning qolish haqidagi qarori Zinedin Zidanning rejalariga ta’sir ko‘rsatdi. Endi Evro – 2020 dan oldin buni ro‘yobga chiqishi amri mahol.

Italiyada esa Zidan Massimilano Allegriga munosib voris bo‘la olishiga ishonishmoqda.

Turinda ma’bud maqomiga ega sobiq pleymeyker u erda o‘zini ko‘rsata olishi mumkin. Boz ustiga, Ispaniyadagi faoliyatidan yaxshi tanish bo‘lgan shogirdi Krishtianu Ronaldu ayni vaqtda “byankonerilar” hujumida javlon urishga kirishgan.

Ro‘yxatda shuningdek, “Pari Sen-Jermen” ham bor. Ammo Zidanning “Marsel” bilan bog‘liq o‘tmishi ushbu ehtimoliy kelishuvga halal qilishi mumkin.

Boz ustiga yaqinda klub boshqaruviga kelgan Tomas Tuxel sabab ayni paytda buni amalga oshirishning iloji yo‘q.

Shu sababli uni o‘z safida ko‘rishdan xursand bo‘ladigan eng ehtimoliy klub bu Joze Mourino bilan muammolar girdobiga kirib qolgan “Manchester Yunayted” bo‘lishi mumkin. Premer Liganing yangi mavsumida atigi ikkita g‘alabaga ega “qizil iblislar” Mouning hozirgi xulqi tufayli u bilan xayrlashishi mumkin.

Zidanning aytgan gaplari bosh murabbiy bilan OAV orqali “aytishayotgan” Ed Vudvordni qiziqtirib qo‘ygan bo‘lsa ajab emas.

“Mancheter Yunayted”ning ijrochi direktori yozgi transfer bozorida himoyani kuchaytira olmagani va klub nishonida turganlarni birin-ketin qo‘ldan chiqargani sabab portugaliyalik murabbiyning ko‘ziga yomon ko‘rinib qolgan.

“MYu” Zidanni qiziqtiradigan darajadagi jamoa hisoblanadi. Agarda Zidan tez orada murabbiylik faoliyatini tiklashi haqidagi xabarlar aniq bo‘lib chiqsa “MYu” tanlovi mantiqan to‘g‘ri qaror bo‘lardi.

Maydonda Zidan sehrli va o‘zgaruvchan xarakterga ega, kutilmagan ishlarni bajarishga qodir edi. Endi biz u zaxira o‘rindig‘ida ham “chaqilmagan yong‘oq”mi kuzatamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!