
A Seriya: 9-turning markaziy uchrashuvida Gattuzo Fonseka jamoasini yanchib tashladi
Italiya chempionati 9-turi doirasida "Napoli" o‘z maydonida "Roma"ni qabul qilib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘yin neapolliklarning to‘laqonli ustunligida o‘tdi. Uchrashuvning 31-daqiqasida Lorentso Insine jarima zarbasini golga aylantirib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taymda Fabian Ruis uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, hisobni ikkitaga etkazib oldi. O‘yinning 81-daqiqasida Dris Mertens darvozabondan qaytgan to‘pni darvozaga osonlik bilan joylab qo‘ydi. So‘nggi daqiqalarda esa Matteo Politano himoyachi va darvozabonni aldab o‘tib, ochiq qolgan darvozani ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, "Napoli" va "Roma" 9 o‘yinda bir hil 17 ochko to‘plab, turnir jadvalida 5 va 6 ni o‘rinlarga joylashib olishdi.
Ushbu o‘yin saytimiz tomonidan matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar