A Seriya grandalari “Barsa”dan futbolchi olmoqchi

  • 28.04.2021 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ning hujumkor futbolchisi Fransishku Trinkau yozda Kataloniya klubini tark etishi mumkin.

21 yoshli portugaliyalik yarim himoyachiga “Yuventus” va “Milan”dan jiddiy taklif bo‘lmoqda. Har ikki klub kataloniyaliklar bilan Trinkau transferi shartlarini muhokama qilib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Braga”dan olingan Fransishku o‘tgan yozdan beri “Barselona” sharafini himoya qilmoqda.

Joriy mavsumda Trinkau primerada 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikkita golli pas oshirdi. Shunga qaramay, yosh futbolchi maydonda o‘rtacha 25 daqiqa harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!