A Seriya klubi 100 million ziyon ko‘rdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Iyun oyi so‘nggida "Milan" moliyaviy hisobot tayyorlamoqchi.

MilanNews.it nashriga ko‘ra, klubning yo‘qotishlari 100 million evroni tashkil qilishi kutilmoqda. Shundan 80 millioni dastlabki hisob-kitoblar bo‘lib, qolgan 20 millioni koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga keladigan daromad zararlaridir.

O‘tgan mavsumda "rossonerilar"ning umumiy zarari rekord darajada, ya’ni 150 million evroni tashkil qilgan edi.

Joriy mavsumda Italiya chempionatida "qizil-qoralar" sakkizinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!