A Seriya. "Milan" oxirigacha kurashadi!

  • 16.04.2022 05:47
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

A Seriya 33-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Jenoa" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

"Rossonerilar"ning gollariga Leao hamda Messias mualliflik qildi. 

Shu tariqa, Pioli shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 71 taga etkazib oldi. Ular ayni vaqtda A Seriya peshqadami hisoblanadi. 33 o‘yindan so‘ng 22 ochko jamg‘argan genuyaliklar 19-pog‘onadan joy olgan. 

Qayd etish lozim, "Milan"dan 1 o‘yin kam o‘tgazgan "Inter" hisobida 69 ochko mavjud. Qoldirilgan bellashuvdagi g‘alaba "neradzurrilar"ga peshqadamlikni taqdim etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!