
A Seriya. "Roma" penaltilar evaziga "Udineze"ni mag‘lub etdi, Shomurodov esa...
A Seriyaning 22-turidan o‘rin olgan "Udineze" - "Roma" bahsi yakuniga etdi.
Mazkur bellashuvda rimliklar 1:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlab, 38-daqiqada mezbonlar futbolchisi Lukka hisobni ochgan bo‘lsa, 50-64-daqiqalarda "Roma" penaltilardan Pellegrini va Dovbik unumli foydalangan holda g‘alabani ilib ketdi.
Legionerimiz Shomurodov bellashuvning 46-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Aynan uning uzatmasidan so‘ng El-Shaaravi jamoaning birinchi penaltisini ishladi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum

Udinize
- Lorenzo Lucca 38'
Tugadi
1
:
2
26.01.2025 19:00

Roma
- Lorenzo Pellegrini 50'
- Artem Dovbyk 64'
Fikrlar