A Seriya tur ramziy jamoasi tuzildi
Hafta oxirida Italiya A Seriyasi 18-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. "Sofascore" mazkur hafta tur ramziy jamoasini tuzdi. Unga ko‘ra "Roma" hujumchisi Paulo Dibala eng yaxshi futbolchi bo‘ldi. Argentinalik futbolchi "Fiorentina"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Darvozabon: Gilelmo Vikario ("Empoli");
Himoyachilar: Alessandro Bastoni ("Inter"), Ki Min Je ("Napoli"), Janluka Manchini (Roma);
Yarim himoyachilar: Sergey Milinkovich-Savich ("Latsio"), Xvicha Kvaratsxeliya ("Napoli"), Teun Kopmayners ("Atalanta"), Paulo Dibala ("Roma"), Ademola Lukman ("Atalanta");
Hujumchilar: Rasmus Xoylund ("Atalanta"), Viktor Osimxen ("Napoli").

Fikrlar