
A Seriya. "Yuventus" yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi
Italiya A Seriyasi 8-turi doirasidagi "Yuventus" - "Bolonya" uchrashuvi yakunlandi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o‘tgan bahsda turinliklar yirik 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘yindagi hisob 24-daqiqada ochildi. Vlaxovichning ajoyib uzatmasidan keyin Flipp Kostich o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Ikkinchi taym boshida serbiyalik futbolchining o‘zi jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi - 2:0.
Dushanning golidan biroz vaqt o‘tib, "keksa sinora" oradagi farqni yanada yiriklashtirdi. Arkadiush Milik Turin klubining 3-golini kiritib, bahsga nuqta qo‘ydi.
Fikrlar