A Seriyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
“Inter” himoyachisi Federico Dimarko Italiya A Seriyasining 2025/26 yilgi mavsumida eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Futbolchi joriy mavsum chempionat doirasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 18 ta assist qayd etdi.
Shuningdek, “Inter” bosh murabbiyi Kristian Kivu mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan bo‘lsa, “Yuventus” futbolchisi Kenan Yildiz turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga munosib ko‘rildi.
Ma’lumot uchun, "neradzurilar" muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar