
A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi unvoni bu safar argentinalik futbolchiga topshirildi
"Yuventus" forvardi Paulo Dibala Italiya chempionati 2019/20 mavsumining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Argentinalik futbolchi A Seriyaning yakunlangan mavsumida 33 ta o‘yinda 11 ta gol kiritib, yana shuncha golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Turinlik futbolchilar ushbu unvonni so‘nggi o‘n to‘qqiz yilda sakkiz marotaba: 2012/13/14 yillar - Andrea Pirlo, 2015 yil - Karlos Teves, 2016 yil - Leonardo Bonuchchi, 2017 yil - Janluiji Buffon va 2019 yil - Krishtianu Ronaldu qo‘lga kiritgan.
Fikrlar