A Seriyaning eng zo‘r darvozaboni superklubga o‘tdi

  • 6 iyul, 2024, 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” mutasaddilari “Montsa” darvozaboni Mikele Di Gregorioni Turinga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirdi.

Italiyalik posbon yakunlangan mavsumda A Seriyaning eng yaxshi darvozaboni sifatida e’tirof etilgandi. Mikele chempionat davomida 33 ta uchrashuvdan 14 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolishni uddalagan.

Mikele Di Gregorioni “Liverpul” ham olishni istagandi. Liverpulliklar darvozabonga uchta taklif yo‘lladi. Biroq Mikele turinliklar bilan kelishib qo‘ygani sababli Angliya Premer-ligasidan bo‘lgan chorlovni qabul qilmadi.

26 yoshli darvozabon “Inter” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Milanliklarning asosiy tarkibiga kira olmagan uchun bir necha yillar davomida boshqa klublarda ijarada o‘ynagan.

“Montsa” Di Gregorioni 2022 yili yozda 4,15 million evroga transfer qilgandi. Endi “Yuventus” mahorat darvozabonning kelasi mavsumdagi ijarasi uchun 4 million evro to‘laydi va keyinchalik 14 million evro to‘lab, to‘liq transfer qiladi.

Mikele Di Gregorio 10 iyuldan “Yuventus” bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!