Abbos Fayzullaev BAAda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi safiga borib qo‘shildi (foto)
Moskvaning TsSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev BAAda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi safiga borib qo‘shildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz 11 dekabrdan buyon o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda. Bir qator legionerlarimiz o‘z klublari tarkibidagi o‘yinlari sababli terma jamoa yig‘iniga kechroq qo‘shilib borishmoqda.

Fikrlar