ECHL. Bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar ro‘yxati bilan tanishing

  • 14.04.2026 04:38
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yevropa Chempionlar ligasining chorak final bosqichi javob uchrashuvlariga start beriladi. Bugun ushbu bosqich doirasida ikki bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Jumladan, “Atletiko Madrid” o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qiladi. Ilk uchrashuvda “matraschilar” 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi Toshkent vaqti bilan soat 00:00'da boshlanadi.

Shu bilan bir vaqtda “Liverpul” hamda PSJ jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Ma’lumot uchun, Luis Enrique shogirdlari ilk bahsda o‘z maydonida mersisaydliklarni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!