
Abbos Fayzullaev: Biz darhol o‘yinga kirishib keta olmadik
TsSKA klubining hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev Rossiya kubogi 1/4 final bosqichi doirasidagi "Rostov"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Abbos mazkur bellashuvda o‘z nomiga bitta assist yozdirib qo‘ygandi.
"Biz darhol o‘yinga kirishib keta olmadik, lekin keyinchalik paslar bilan o‘ynashni boshladik va bu o‘z samarasini berdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida ikki jamoa ham faol o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa, keyin bir kishi kam 10 kishi bo‘lib qoldik. Bu o‘yinga ta’sir ko‘rsatdi.
Biz g‘alaba qozonishni istagan edik. Ammo o‘n kishi bo‘lib durang o‘ynadik, ikki jamoani ham natija qanoatlantirdi", - deydi Fayzullaev.
Fikrlar