
Abbosbek Fayzullaev: "Faqat shunday yondashuv bilan katta g‘alabalar qo‘lga kiritiladi"
Rossiya Premer-ligasining 11-turida TsSKA va "Dinamo" jamoalari o‘ynadi va unda "armiyachilar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Legionerimiz Abbosbek Fayzullaev uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 17-daqiqada super zarbasi bilan hisobni ochdi. Bellashuvdan so‘ng o‘zbekistonlik futbolchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ajoyib jamoaviy g‘alaba bilan barcha muhlislarimizni tabriklayman.Faqat shunday yondashuv bilan katta g‘alabalar qo‘lga kiritiladi.Barcha qo‘llab-quvvatlagan muhlislarimizga katta rahmat", - deya izoh qoldirdi hamyurtimiz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, TsSKA kechagi g‘alabadan so‘ng 20 ochko jamg‘argan holda RPL turnir jadvalida 4-o‘rindan bormoqda.
Fikrlar