
Abdullaev Superligaga qaytishi mumkin. Unga 3 ta klub qiziqish bildirmoqda
2023 yili OKMKdan "Hor-Fakkan"ga ko‘chib o‘tgan Abdulla Abdullaev BAA jamoasini tark etgan. Shu bilan birga, Azizbek Amonov ham ayni paytda klubsiz bo‘lib turibdi. Yangi rahbariyat sabab barcha legionerlar "Hor-Fakkan"dan ketdi, degan edi hujumchining o‘zi "Sports.uz"ga bergan intervyusida.
Ayni damda bir yo‘la 3 ta klub terma jamoa a’zosi - Abdulla Abdullaevga "ko‘z tikkan". BAAdan yana Superligaga qaytishi extimoli yuqori bo‘lgan futbolchini "So‘g‘diyona", OKMK va "Neftchi" tarkibga qo‘shib olishni istamoqda. Tayanch yarim himoyachisi tez kunda qaror qabul qiladi.
Abdullaev "Hor-Fakkan" uchun yakuniga etgan mavsumda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar