Abdulloh Madaminov terma jamoamizga ilk oltin medalni olib keldi!
Moʻgʻulistonning Ulan Bator shahri mezbonligidagi kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati ham oʻz yakuniga yetib bormoqda. Ayni damda final janglari boʻlib oʻtmoqda.
65 kg vazn toifasidagi vakilimiz Abdulloh Madaminov qitʼa chempionligi uchun taylandlik Bundjong Sinsiriga qarshi jang qildi. Toʻliq 3 raund davom etgan bahsda hamyurtimiz hakamlarning yakdil qarori bilan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritdi – 5:0.
Maʼlumot uchun, bizni oldinda Javohir Abdurahimov (Oʻzbekiston) va Sabyrjan Akkalykov (Qozogʻiston) toʻqnashuvi kutmoqda.
Fikrlar