Abdumajidov guruh mashgʻulotlariga qaytdi - "Paxtakor" lagerida nima gaplar?
"Paxtakor" jamoasi Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
"Sherlar" himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidov jarrohlik amaliyotini o‘tkazib, tiklanish mashg‘ulotlarida qatnashdi va umumiy guruhga qaytdi.
Abdurauf Bo‘riev va Muhammadqodir Hamralievlar kichik muddatga safdan chiqqan. Ular Antaliyada shifokorlar nazoratida davolanmoqda. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Kamoliddin Tojiev shogirdlari ertaga Kosovo Superligasi ishtirokchisi "Prishtina" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar