
Abduqodir Husanov instagram sahifasiga post joyladi. Romano ham izohlarda ko‘rinish berdi
"Manchester Siti"ga o‘tishi kutilayotgan hamyurtimiz Abduqodir Husanov o‘zining instagram sahifasiga post joyladi.
Ushbu postda futbolchimiz "Lans"ning uy stadioni "Bollar-Delelis"da to‘p tepayotgani aks etgan va postdagi ikkinchi suratda taniqli "Puma" brendini reklama qilingan.
Ushbu post izohida Fabritsio Romanoni ham ko‘rishimiz mumkin.
Ta’kidlash joiz, ayni vaqtda "Lans" bilan muzokaralar yakuniy bosqichda. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano o‘zining "X" sahifasi orqali xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Husanovning o‘zi "shaharliklar" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Transfer yaqin vaqtlar ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.
Fikrlar