Abdusalom Azizov: "Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni jadal davom ettiramiz"

  • 26 dekabr, 2023, 19:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot Kongressi bo‘lib o‘tdi.

UFA prezidenti Abdusalom Azizov tadbir yakunida barchani yangi yil bilan muborakbod etib, bir qator masalalar yuzasidan fikr bildirib o‘tdi.

"Aziz murabbiylar, futbolchilar, mutaxassislar, qadrli mehmonlar! Avvalambor kirib kelayotgan yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin.

2023 yilda butun jamoa, O‘FA, O‘zPFL, Hakamlar markazi, Terma jamoalar bosh murabbiylari, futbolchilar, umuman barcha mutaxassislar mehnat qildi va buning natijasini ko‘rib turibmiz. Lekin yangi yilda oldimizda mas’uliyatli vazifalar bor.

Terma jamoalar markazi zamonaviy standartlar asosida tashkil etilmoqda. Barcha jamoalarimiz mazkur bazada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazish etish imkoniga ega bo‘ladilar.

Milliy terma jamoamiz Osiyoda o‘zini ko‘rsatadigan payt keldi. Bunga barcha sharoitlar etarli va biz futbolchi-murabbiylarimizga ishonamiz.

Bundan tashqari, ayollar va O‘zbekiston U-23 terma jamoamiz yangi yilda Parij Olimpiadasiga yo‘llanma olish uchun harakat qilishadi.

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati yurtimizda o‘tadi. Uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ham oldimizda qiladigan ishlarimiz ko‘p.

O‘tgan musobaqalar, Jahon chempionatlari shuni ko‘rsatdiki, yoshlarga qancha imkoniyat bersak, bolalarimizni qo‘llab-quvvatlasak — yurtimizdan hali ko‘plab iqtidorli futbolchilar etishib chiqadi, biz bunga ishonamiz.

Barcha klublar mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash, ertangi kun rivojiga ajratish bo‘yicha to‘g‘ri yo‘ldan borishi talab etiladi. Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni jadal davom ettiramiz.

Umuman olganda, barchamiz birgalikda mehnat qilib, O‘zbekistonda futbolni yangi bosqichga olib chiqish uchun tinmay harakat qilishimiz kerak.

Kirib kelayotgan 2024-yil bu yildan-da omadli va g‘alabalarga boy bo‘lishini tilab qolaman", - dedi  Abdusalom Azizov.

Shuningdek, futbolimiz rahbari O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchilari bilan suhbatlashib, Jahon chempionatidagi munosib ishtirok uchun minnatdorchilik bildirdi. O‘smirlarimiz o‘z ustlarida ishlashda to‘xtab qolmasliklari kerakligini aytib, kelajakda milliy jamoa safida ham Jahon chempionatlarida ishtirok etishlariga umid bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bolelshik
27/12/2023 09:11
"Энг яхшилар"га овоз бериш тизимини хам ислох килиш керак. Факат 20-30 та журналистни фикри билан энг яхшиларни танлаш - бу мухлисларни устидан кулиш бу́лади. У́рокда йу́к, машокда йу́к, хирмонда хозир мутахассислар ку́паяди. У́збекистон футболи - уларга ота меросмас, халкни фикри хам инобатга олиниши керак