Abdusattorov Sindarovga jahon toji uchun bahsga tayyorgarlikda yordam beradi
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov hamyurti Javohir Sindarovning jahon chempioni unvoni uchun hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi o‘yini oldidan bir hafta davomida birgalikda tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtirmoqda.
Abdusattorov Lolazor podkastidagi suhbatida aytishicha, u Sindarov bilan hozircha oshkor etilmayotgan joyda maxsus yig‘in o‘tkazadi. U avvalroq hamyurtiga yordam berishini aytgan edi, endi esa qo‘shma tayyorgarlik muddatini aniqlashtirdi.
Nodirbekning ta’kidlashicha, u do‘stini bo‘lajak duelda aniq ustun deb hisoblaydi. Uning fikriga ko‘ra, g‘alaba ehtimoli taxminan 80 foiz Sindarov, 20 foiz esa raqibi tomonida.
Ikki grossmeyster ko‘p yillardan beri do‘stlik rishtalarini saqlab keladi va O‘zbekiston terma jamoasi sharafini birgalikda himoya qiladi. Joriy yil sentabr oyida ular milliy jamoaga ikkinchi bor Jahon shaxmat olimpiadasida g‘alaba qozonishga yordam berdi.
Amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi Sindarovning titul uchun bahsi Jeneva shahrida o‘tadi. Birinchi partiya 24 noyabr kuniga belgilangan.

Fikrlar