Abramov: Muammolar yo‘q emas

  • 6 oktabr, 2020, 20:04
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov Eron hamda BAA termalariga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik o‘yinlari oldidan o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi:

"Muammolar yo‘q emas. Iskanderovni klubi qo‘yib yubormadi. Albatta, Koreyada o‘rnatilgan qat’iy karantin qoidalari sababli, usiz o‘yin o‘tkazamiz. Shuningdek, bizga yana ikki nafar futbolchimiz yordam bera olmaydi. Biroq qolgan futbolchilar shu erda va endi ular ko‘proq harakat qilishlari zarur.

Jamoa kimgadir bog‘lanib qolgan, deb o‘ylamayman. Barchasi maydonda hal bo‘ladi. Shogirdlarimda revansh kayfiyati bor. Terma jamoa o‘yin o‘tkazganida, so‘zsiz, natija muhim rol o‘ynaydi. Ammo oldimizda turgan muhim uchrashuvlar uchun futbolchilarning hozirgi holatini bilib olishim kerak".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
06/10/2020 20:24
Qanaqa muommo. hamma uyinchila kuchlila yigilgan bulsa. keyin. ochigi sizdan kutmovdim. Qodurqulov yana bir ikkita uyinchilarni nimasiga asoslanib chaqirdiz bilmayman. ayrim uyunchilariz kucha fudboliga uhshaydigan uyinchila. Klass yuqki. ularga. shahsan Lutti umuman kerak emas. Lutti urniga. uyinchi kupni aynan urtaga kuchlila yigilgan.
&
Abdulla Qodirov
06/10/2020 21:10
Бабаяни куни бошинга тушмасин йигиштир Кодиркул Шотиркул Луттивоз шогирдларини. За.бал килдиларин уже. Жалолидиновдан 200 мин $дан ишлаволдиларин Мирзаев иккален булдиде енди инсофам кере Арман бле