Abraxamning kelishi “Roma”da kutilmagan muammo chiqardi! Buni Shomurodovga ta’siri bormi?

  • 8 sentabr, 2021, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning eng mashhur klublaridan hisoblangan “Roma” rahbariyati jamoani yana grandlar qatoriga qaytarish maqsadida yozda katta ishlarni amalga oshirdi. Birinchidan, klub xo‘jayinlari  bosh murabbiylikka chempionlik sirlarini yaxshi biladigan va zamonaviy futbolda o‘z qarashlariga ega bo‘lgan Joze Mourinoni olib keldi.

Tecno

Yaxshi bilamizki, portugaliyalik mutaxassis o‘zi boshqargan deyarli barcha jamoalarda bir necha marotabadan sovrinlarga ega chiqqan. Xususan, Mourino “Portu”, “Chelsi”, “Inter”, “Real” bilan Portugaliya, Angliya, Italiya va Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan.

“Portu” va “Inter”ni Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi aylantirgan, “Manchester Yunayted”ga Evropa Ligasi bosh sovrinini olib bergan. Ko‘p bora turli kuboklarga ega chiqqan.

Mourinoda “Roma”ni qudratli jamoaga aylantirish orqali “Tottenxem”dagi sovrinsiz faoliyatini oqlab olish imkoniyati bor.

001806aa-1600

Rim klubi xo‘jayinlari unga ishonch bildirgan holda, transfer siyosatini aynan Mourino istaganidek yuritmoqda. Mourino rejalariga kiritilmagan yulduz darajasidagi futbolchilar ham birma-bir Rimni tark etmoqda.  

Jamoani kuchaytirish maqsadida yozda aynan Joze tanlagan futbolchilar – “Jenoa”dan Eldor Shomurodov, “Palmeyras”dan Matias Vina, “Vulverxempton”dan Ruy Patrisio, “Dallas”dan Rojer Ibanes va “Chelsi”dan Temmi Abraxam olib kelindi. Hali yana katta transferlarga qo‘l uriladi.

“Roma” xo‘jayinlari “Chelsi” tarbiyalanuvchisi uchun Rim klubi o‘z tarixida rekord darajada xarajat qildi va bu transfer “bo‘rilar”ga turli bonuslarni hisobga olmaganda 40 million evroga tushdi. Aslida bu transferning amalga oshirilishiga jamoaning asosiy yulduzi Edin Jeko kutilmaganda “Inter”ga o‘tib ketgani sabab bo‘ldi.

Temmi Abraxam “Roma”dagi ilk uchrashuvlardan o‘zini ko‘rsatib, jamoaga foyda keltira boshlagan bo‘lsa-da, uning kelishi jamoa ichida kutilmagan muammo keltirib chiqardi. Tribal Football nashrining yozishicha, klub rahbariyati angliyalik yulduzga yilga 4,5 million evro maosh va 1,5 million evro bonus to‘lashi oshkor bo‘lganidan keyin jamoaning ayrim etakchilarida norozilik kayfiyati paydo bo‘lgan.

“Roma” o‘z tarixida jamoaning haqiqiy etakchilari bo‘lgan Daniele de Rossi va Edin Jekodan tashqari hech bir futbolchiga bunaqa katta mablag‘ to‘lamagan. Hatto, klubning uzoq yillik lideri bo‘lgan “Roma” afsonasi Franchesko Totti ham Abraxamdan ancha kam maosh olgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, jamoa etakchisi Lorentso Pellegrini Abraxam kelgunicha jamoada eng katta maosh oladigan futbolchi hisoblanardi. Klub unga yiliga 2,5 million evroga yaqin maosh to‘layotgan edi. Aynan mana shu yarim himoyachi klub rahbarlaridan maoshini sezilarli darajada ko‘tarishni talab qilib chiqdi. Unga boshqa futbolchilar ham qo‘shilgani aytilmoqda.

rue5b91868f0d

“Roma” rahbariyati kelib chiqqan muammoni bartaraf etish yo‘llarini qidirmoqda. Hozir ular Pellegrini bilan muzokaraga kirishgan. Agar Lorentso o‘z maqsadiga etishib, klub mutasaddilarini maoshini oshirishga ko‘ndirsa, qolgan “bo‘rilar” ham kattaroq “o‘lja” talab qilishda qat’iyatliroq kurashadi.

Mutaxassislar Abraxamga jamoadoshlarining hasad qila boshlagani ichki muhitni buzilishiga olib kelishini ta’kidlamoqda. “Roma” bu sharoitda  joriy mavsum uchun o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga etisha olmay qolishi mumkin.

Abraxam kelganidan keyin etakchi hujumchi pozitsiyasini unga topshirib, o‘zi asosan zaxiradan maydonga tushayotgan Eldor Shomurodov ta’kidlaganidek, “Roma” Evropa Chempionlar ligasiga qaytish va UEFA Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqish uchun kurashishi lozim.

4tC75016294396443675_l

Hozircha, Mourino jamoasining natijalari chakki emas. Konferentsiyalar ligasida “Trabzonspor” mag‘lub etilib, “bo‘rilar” musobaqaning guruh bosqichiga yo‘llanma oldi. A Seriyada esa ketma-ket ikkita g‘alabadan keyin “Roma” etakchilar qatorida bormoqda.

“Roma” Italiya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 12 sentyabr kuni o‘z maydonida “Sassuolo”ga qarshi o‘tkazadi.

Shomurodov vorislari. Markaziy Osiyodan kimlar Evropada o‘ynashga qodir?

Shomurodov yo‘qolgan qizchaning topilishiga sababchi bo‘ldi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!