Afrika Millatlar kubogi. Mali iroda ko‘rsatib Tunisni mag‘lubiyatga uchratdi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 04.01.2026 03:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Afrika Millatlar kubogi pley-offning ikkinchi bahsida jamoalar qiziqarli o‘yin namoyish etishdi. 
 
Mali futbolchisi Voyo Kulibali uchrashuvning 26-daqiqasida qizil kartochka bilan jazolanib, maydonni tark etdi. 88-daqiqada Firas Shauat bellashuvdagi hisobni ochib, Tunisni oldinga olib chiqdi. O‘yning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarning yettinchisi o‘tib borayotgan esa Lassin Sinayoko hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu orqali terma jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l oldi. U yerda hisob o‘zgarmadi. G‘olib jamoa nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Mali terma jamoasi 3:2 hisobida Tunisni mag‘lubiyatga uchratdi hamda chorak finalning ikkinchi ishtirokchisiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!