
Afrika Millatlar kubogi. Tunis va Kot-d`Ivuar navbatdagi chorak finalchilarga aylanishdi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Misr yashil maydonlarida Afrika Millatlar kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha musobaqaning 1/8 finalidan o‘rin olgan 2ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab, Kot-d`Ivuar terma jamoasi Mali ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona golga "Kristal Pelas" hujumchisi Uilfrid Zaa mualliflik qildi.
Keyin esa Gana va Tunis uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda g‘olib penaltilar seriyasiga ko‘ra aniqlandi. Unda omad tunisliklarga kulib boqdi.
Mali - Kot-d`Ivuar - 0:1 (0:0)
Gol: Zaa, 76 - 0:1
***
Gana - Tunis 1:1, penaltilar bo‘yicha - 4:5
Gollar: Xenissi, 73 - 0:1, Bedui (ag), 90 - 1:1
Fikrlar