Afsonaviy Evander Xolifild sobiq gubernator bilan ringda uchrashadi

  • 30.03.2017 13:15
  • 0
  • Boks


Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempion amerikalik Evander Xolifild may oyida Nigeriyaning Lagos Bola shtati sobiq gubernatori Axmed Tinubu bilan ringda uchrashadi.

Mazkur jang 25 may kuni Lagosdagi xayriya aktsiyalaridan birida o‘tkaziladi. Bundan tushgan mablag‘ Bola Afrikada sog‘lig‘i muammosi bor odamlarga yordam berish uchun sarflanadi.

2015 yil may oyi oxirida Xolifild amerikalik sisaytchi Mitto Romni qarshi xayriya jangida zafar quchgan edi.

holifild_vs_tyson

Xolifild faoliyati davomida Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF), Butunjahon boks uyushmasi (WBC), Butunjahon boks federatsiyasi (WBF) chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan. U 1981 yilgi Panamerika o‘yinlari kumush va 1984 yilgi Olimpaidada bronza medallari sohibi bo‘lgan.

Shuningdek, professional boks tarixida super og‘ir vaznda to‘rt marta chempion bo‘lgan yagona bokschi. Bundan tashqari birinchi og‘ir va og‘ir vazn toifalarida mutloq jahon chempioni.

2016 yil dekabrda Xolifild Xalqaro boks shon-sharaf zalidan o‘rin oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!