Afsonaviy Forman tarixdagi eng yaxshi superog‘ir vazn toifasidagi bokschi kimligini aytdi
Mashhur amerikalik superog‘ir vazn toifasidagi sobiq bokschi Jorj Formanning fikricha, divizionning tarixdagi eng kuchli vakili britaniyalik Lennoks Lyuisdir.
"Dunyoda Lennoks Lyuisdan superog‘ir vazn toifasi unvonini oladigan hech kim yo‘q. U, shubhasiz, barcha davrlarning eng yaxshi jangchisi", – deya Forman so‘zlarini keltiradi SecondsOut.
Eslatib o‘tamiz, Lyuis o‘z faoliyatini 2003 yilda yakunlagan. Sentyabr oyida 59 yoshini nishonlaydigan mashhur britaniyalikning rekordida 43 g‘alaba, ikkita mag‘lubiyat va bitta durang qayd etilgan.



Fikrlar