
Agar bu transfer yakunlansa, Oston O‘runov "Persepolis"dan ketadi!
Eron terma jamoasi va Polshaning "Lex" klubi vingeri Ali Golizoda faoliyatini Eronning sovrindor jamoalaridan birida davom ettirishi mumkin.
"Persepolisnews" xabariga ko‘ra, Tehronning "Persepolis" jamoasi yana bir bor Alini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lmoqda. Bu transfer yakunlansa, "qizillar" tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Mavsum o‘rtasidagi transferlar oynasida jamoa va futbolchi to‘liq kelishuvga erisha olmagan. Aniqrog‘i, fors klubi "Lex Poznan"ni rozi qilolmagan.
Amaldagi chempionlar bir necha kun oldin Golizodani jalb qilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashdi. Hatto, unga birinchi rasmiy so‘rov ham yo‘lladi.
Manbaning yozishicha, agar transfer yakunlanadigan bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runovning jamoadan ketish ehtimoli katta.
Ma’lumot uchun, O‘runov joriy mavsum jarohatlar sabab ko‘plab uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi. Legionerimizning super o‘yinlari sabab tehronliklar o‘tgan mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar
агар фойданг тегса кадрдисан
фойданг тегмас бир тийинлик кийматга эгасан