Agentlar Angliyaning uch grandidan Vinisiusni olishni so‘radi

  • 24.12.2025 11:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Juniorning klubdagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Nufuzli manbalar 25 yoshli futbolchi “Qirollik klubi” bilan  shartnomani uzaytirish masalasida ikkilana boshlaganini yozdi.

Sababi, Vinisius klub fanatlari uni yoqtirmayotganini sezib qolgan. “Sevilya”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda “Santyago Bernabeu”ni to‘ldirgan muxlislar unga nisbatan hushtakbozlik qilishdi.

Vinisius yozda boshqa klubga o‘tib ketishi mumkin. TEAMtalk nashrining ta’kidlashicha, Vinisiusning manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar va vositalar unga yangi ish qidirmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Vinisiusning agentlari futbolchining xizmatlarini Angliya Premer-ligasining uchta etakchi klubi – “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Chelsi” taklif qilgan.

O‘z navbatida, “Real” rahbariyati ham joriy mavsum davomida Vinisius bilan yangi shartnoma imzolanmasa, futbolchini yozda sotib yuborishga tayyorligi aytilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!