AGMK Dubayga jo‘nab ketdi. Jamoa u erda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

  • 20 yanvar, 2022, 14:27
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun AGMK jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini BAAning Dubay shahrida davom ettiradi.

Tecno

Toshkentda 5 yanvar kuni to‘plangan va 2 hafta davomida Toshkentdagi «Tadjiev Start» futbol maktabiga qarashli sun’iy qoplamali maydonda shug‘ullangan "konchilar" tayyorgarlik rejasini uchinchi bosqichini xorijda o‘tkazadi.

Deyarli ikki hafta (20 yanvar - 2 fevral) davomida BAAning Dubay shahrida yangi mavsumga qizg‘in taraddud ko‘radigan AGMK yig‘in doirasida ikkita nazorat o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo‘lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inida darvozabonimiz Valijon Rahimov va tayanch yarim himoyachi Abdulla Abdullaev O‘zbekiston milliy jamoasining Dubaydagi yig‘inida ishtirok etayotgani bois qatnashmaydi.

AGMK Dubaydagi «Jebel Ali» sport kompleksiga qarashli mehmonxonaga joylashadi va bugun kunning ikkinchi yarmidan yig‘inga kirishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бруно
20/01/2022 16:12
Стадионни туғирла ундан кўра