AGMK yana bir transferni e’lon qildi (foto)

  • 3 fevral, 2021, 09:34
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

AGMK jamoasi selektsiya ishlarini jadallik bilan davom ettirmoqda va klub navbatdagi transferga qo‘l urdi. 

Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, katta futbolda aynan Olmaliqda muvaffaqiyat qozongan va nom taratgan tajribali futbolchi Sanjar Shoahmedov ma’lum tanaffusdan so‘ng, yana jonajon jamoasiga qaytdi.

O‘tgan mavsumni Malayziyaning "Terengganu" safida o‘tkazgan mahorat sohibi endilikda yana AGMK a’zosiga aylandi. Klub Sanjar Shoahmedov bilan 2021 yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi.

Shoahmedov

Sanjar Shoahmedov 1990 yil 23 sentyabrda tavallud topgan. 2010-2014 yillar davomida AGMK sharafini himoya qilgan hamda 2015-2016 va 2017-2018 yillar mobaynida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasida o‘ynab, klubning muvaffaqiyatli mavsumlarida chempionlikni qo‘lga kiritilishida katta hissa qo‘shgan. 2017 yilda esa, Qatarda "Al-Sayliya" sharafini himoya qilgan hamda 2019 yildan e’tiboran, ikki mavsum Malayziyada "Terengganu" safida etakchiga aylanib, muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan.

Sanjar Shoahmedov 10 yillik faoliyati davomida jami 283 o‘yin o‘tkazgan va 65ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!