AGMK yangi mavsum uchun dastlabki yig‘inini boshladi

  • 20 dekabr, 2021, 20:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionatni yana uchinchi o‘rinda tugatgan AGMK jamoasi oldindan rejalashtirganidek, bugundan yangi mavsum uchun mashg‘ulotlarini boshladi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, asosiy tarkib futbolchilari dastlabki kungi mashg‘ulotlarni murabbiylar shtabi tomonidan berilgan maxsus engil chigalyozdi mashqlari orqali boshlashgan.

agmk4

Dastlabki yig‘in 30 dekabrga qadar Toshkentda olib borilishi ko‘zda tutilgan.

Hozirda jamoaning legionerlari yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, ular keyinroq yig‘inga qo‘shilishadi.

agmk5

Shuningdek, AGMK matbuot xizmati tarkibdagi o‘zgarishlar va transferlar haqida keyinroq ma’lumot berilishini ham qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!