
AGMK yozgi transfer oynasidagi ikkinchi kelishuvga erishilganini tasdiqladi
Kecha saytimiz orqali “So‘g‘diyona”ni tark etgan Artyom Filiposyanning AGMK klubiga ko‘chib o‘tgani hamda ushbu jamoa bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo chekkani xususida siz o‘quvchilarga xabar bergandik.
Bugun AGMK matbuot xizmati mazkur xabarni tasdiqlagan holda Filiposyanning transferini rasman e’lon qildi. Xabarda jumladan shunday deyiladi:
“Jamoamiz yozgi transfer oynasidagi ikkinchi kelishuvga erishdi.
Erkin agent maqomidagi tajribali markaziy himoyachi, O‘zbekiston Superligasida “Mash’al”, “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Buxoro” va “So‘g‘diyona” jamoalarida to‘p tepgan himoyachi — Artyom Filiposyan endilikda AGMK a’zosiga aylandi.
Artyom Filiposyan jamoamiz bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
Futbolchi haqida ma’lumot: Artyom Filiposyan
Tug‘ilgan sanasi: 1988 yil, 6 yanvar
Ampluasi: himoyachi
O‘ynagan jamoalari: “Mash’al”, “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Buxoro”, “So‘g‘diyona”, “Prachuap” (Tailand), “TR-Kabo” (Indoneziya), “Muangkan Yunayted” (Tailand)".
Fikrlar