
AGMKning qoldirilgan o‘yini qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi, bitta uchrashuvining sanasi esa o‘zgardi
PFL Superliga 12-turigacha bo‘lgan o‘yinlarning sanalarini e’lon qildi. Unda jamoalar kim bilan qachon o‘ynashini bilib oldi.
OChL saralashidagi o‘yini sabab, AGMKning "Turon"ga qarshi chempionatdagi 5-tur o‘yini qoldirilgandi. Endi olmaliqliklar yaypanliklar bilan qachon to‘qnash kelishi oydinlashdi.
Unga ko‘ra Mirjalol Qosimov shogirdlari Superliga 5-turi doirasidagi "Turon"ga qarshi bahsni 10 may kuni o‘tkazadi. 6-turdagi "Qizilqum" bilan bellashuv esa 22 iyunga ko‘chirildi.
Fikrlar