Agneshka Radvanska nima qilganini bilmay qoldi

  • 2 yanvar, 2018, 13:17
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida xotin-qizlar o‘rtasidagi “WTA ASB Classic – 2018” musobaqasining birinchi davra bahslari davom etmoqda.

Tecno

Turnirning ikkinchi davrasiga chiqish uchun o‘tkazilgan o‘yinda chexiyalik Barbora Stritsova italiyalik Sara Erranini 6:4,6:7,6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Polshaning eng kuchli tennischilaridan biri bo‘lgan Agneshka Radvanska braziliyalik Beatris Xaddad Mayyaga qarshi kortga chiqib, 6:2, 4:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Ikki amerikalik tennischilar - Sasha Vikeri va Lorin Devis bahsida 6:1, 6:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, belgiyalik Isalin Bonaventyur Qozog‘iston sharafini himoya qilgan Yuliya Putintsevani har ikkala setda 6:3 hisobida engdi.

Shuningdek, ikkinchi davrada Varvara Lepchenko (AQSh), Polona Gertsog (Sloveniya), Veronika Sepede Royg (Paragvay), Teylor Taunsend (AQSh) , Sofiya Kenin (AQSh)  kabi tennischilar ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!